Jamiyat | 10:04 / 30.05.2016
6444
1 daqiqa o‘qiladi
Qanotli libos kiygan amerikalik Buyuk Xitoy devoridan uchib o‘tdi
Amerikalik ekstremal Jyeb Korliss maxsus parvoz libosida Buyuk Xitoy devoridan soatiga 200 kilometr tezlikda uchib, avvaldan belgilab qo‘yilgan nishon-oq qog‘ozga aniq tekkan.
Xabar qilinishicha, u mazkur tryukni bajarish uchun 10 oy vaqt davomida tayyorlangan. Korliss parvoz yo‘nalishi va nishonga tushish burchagini o‘zlashtirgan. Jyeb bungacha AQSh va Shveytsariyada o‘quv sakrashlarini olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, Korliss allaqachon Parijning Eyfel minorasi, Rio-de-Janeyrodagi Iso haykali hamda Kuala-Lumpurdagi Petronas binosidan sakrashga ulgurgan.