Sport | 12:50 / 30.05.2016
8115
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: IShID Yevro-2016 turniri doirasidagi Angliya va Rossiya uchrashuvi oldidan terakt uyushtirmoqchi

IShID jangarilari Yevropa chempionati vaqtida Marsel shahrida Angliya va Rossiya terma jamoalari o‘yini oldidan terakt sodir etishni rejalashtirgan. Bu haqda The Sun xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, terrorchilar rossiyalik va angliyalik muxlislarga hujum qilishga tayyorlanmoqda. Manbada yozilishicha, bu ma'lumot Parij terakti tashkilotchisi Saloh  Abdislomning kompyuteridan olingan. 

Bu teraktlar terrorchi xudkush orqali va uchuvchisiz uchish qurilmasida kimyoviy qurol qo‘llash vositasida amalga oshirilishi aytilgan. Abdislomning kompyuteridan Marsel porti suratlari topilgan. Bu yerga ingliz muxlislar guruh bosqichidagi birinchi o‘yindan avval, 2 hafta mobaynida to‘planishadi. 

Shuningdek, teraktlar barlarda, fan-hududlarida amalga oshirilishi ehtimollari ko‘rib chiqilmoqda.

Angliya — Rossiya uchrashuvi 11 iyunga belgilangan.