Jahon | 12:26 / 30.05.2016
7435
2 daqiqa o‘qiladi

Parij eng qisqa mehnat haftasiga ega shahar deb tan olindi

Parij aholisining ish haftasi dunyoda eng qisqa ish haftasi deb topildi, deb yozadi The Telegraph.

Shveytsariyaning UBS banki olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, parijliklar bir haftada o‘rta hisobda 30,84 soat ishlashadi, bu dunyoning yirik shaharlari orasida eng past ko‘rsatkichdir. 

Ikkinchi o‘rinda Fransiyaning Lion shahri bo‘lib, bu shahar aholisi bir haftada 31,36 soat mehnat qiladi. Moskva esa haftasiga 31,66 soat ishchi soati bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Undan so‘ng Xelsinki hamda Vena shaharlari qayd etilgan. 

Davomiyligi bo‘yicha eng maksimal ish haftasi Hongkongda qayd etilgan. Bu shaharda odamlar 50 soatdan ko‘proq ishlashadi. 

Shunisi qiziqki, bu ma'lumotlar idorada o‘tkaziluvchi ish soatlarining kamaytirilishi hamda texnologik taraqqiyot sabab ixchamroq ish jadvalini tuzishni talab qilish fonida ma'lum qilindi.

Bundan tashqari, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 10 nafar rahbardan 6 nafari ishchi soatlarning 8 soatdan 6 soatga qisqartirilishi biznes uchun foydali bo‘lishi haqidagi fikrni bildirgan.