Pellegrini: Men «Manchester Siti»dan ketishim haqida mavsum yarmida ma'lum qilganimdan afsusdaman
«Manchester Siti» jamoasini mavsumlar oralig‘ida tark etadigan murabbiy Manuel Pellegrini o‘zining ketishi haqida juda barvaqt, ya'ni mavsum yarmida e'lon qilganidan afsuslanayotganini bildirdi. Mutaxassis qishdayoq mavsum yakunlangan «shaharliklar» jamoasini tark etishi haqida ma'lum qilgandi. Jamoani yangi mavsumda Xosep Gvardiola boshqaradi.
«Ketishim haqida qishdayoq ma'lum qilish mening tashabbusim bilan bo‘lgandi. Men Gvardiola Angliyaga kelishi haqida bilishganidan keyin shunday qilishga qaror qildim. OAVda "Pep „MYu“ga kelarkan", Pep „Arsenal“ni boshqararkan" qabilida yoza boshlashgandi. Mavsum oxirida ketishini oldindan bilish murabbiylar uchun yaxshi ta'sir qilmaydi. Men shu tufayli bu haqda barcha bilishini istadim.
Hozir esa o‘sha harakatim uchun afsuslanmoqdaman. Chunki, o‘shandan keyin men va futbolchilar uchun ishlash qiyinlashib ketdi», — deya Pellegrinining so‘zlarini keltiradi Guardian.