Jamiyat | 10:37 / 30.05.2016
4085
1 daqiqa o‘qiladi

Sergey Bezrukov Suriyadagi rossiyalik harbiylar uchun konsertda qatnashdi

Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukov Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim aviabazasidagi bayram konsertida ishtirok etgan. Tantana aviabazada madaniyat markazi ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan. U Vladimir Visotskiy qo‘shiqlarini ijro etib, Sergey Yeseninning bir nechta she'rlarini o‘qib bergan.

Uning aytishicha, ushbu madaniyat markazi Rossiya-Suriya do‘stligining haqiqiy markaziga aylanadi. Artistning fikricha, Suriyadagi rossiyalik harbiylar uchun vatani bilan aloqani uzmaslik muhim ahamiyatga ega. Yangi markazdagi konsertlar va ko‘rgazmalar esa rus harbiylarining o‘zlarini vatanlariga yanada yaqin his qilishlariga imkon beradi. 

Kontsertda shuningdek, RF havo-kosmik kuchlari qoshidagi ansambli hamda Suriya bolalar ijodiy jamoalari qatnashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish