O‘zbekiston | 18:44 / 30.05.2016
9144
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar hokimligi rekonstruksiya qilinayotgan magistral ko‘chalarning ro‘yxatini ma'lum qildi

Toshkent shahar hokimligi ayni vaqtda shaharning qator ko‘chalarida olib borilayotgan rekonstruksiya va ta'mirlash ishlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda poytaxt yo‘llarida tramvay liniyalarining demontaj qilinishi hisobiga yo‘l qoplamalari o‘rnatish ishlari, markaziy magistral ko‘chalardagi rekonstruksiya hamda ta'mirlash jarayonlari, Nurafshon ko‘chasining uzaytirilishi hisobiga bunyod etilishi rejalashtirilgan yangi kichik xalqa yo‘lini qurish borasidagi ishlar, shuningdek, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan o‘z yo‘nalishida joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan obodonlashtirish va ta'mirlash ishlari haqida batafsil axborot berildi.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahar hokimligining mahalliy byudjyet mablag‘lari hisobidan tramvay yo‘llarining demontaj qilinishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda yo‘l qoplamalari tiklanadi: 

1. Sariko‘l, Mehrjon, 8-mart, Sayxun ko‘chalarining Farg‘ona yo‘li ko‘chasigacha, Aliyev, Fitrat, Temiryo‘lchilar ko‘chalarining Shimoliy vokzalgacha;
2. Taraqqiyot ko‘chasidan boshlab TKAXY bo‘ylab Shimoliy vokzal, Qushbegi ko‘chalaridan to Shota Rustavelli ko‘chasigacha;
3. Muqimiy ko‘chasining “Chilonzor Oqtepa” maydonidan Shota Rustavelli ko‘chasigacha;  
4. Uyg‘ur ko‘chasining “Samarqand darvoza” ko‘chasi bilan chorrahasidan va  Beshqayrag‘och ko‘chasidan TAXYgacha qismida;
5. Sakkokiy, Almoniy, To‘qimachi ko‘chalarida;
6. Beltepa, Kamarniso ko‘chalarida;  
7. O‘rozboyev, Qora-qamish ko‘chalarining “Malika” aylanmasigacha bo‘lgan qismida. 

Toshkent shahrining quyidagi magistral ko‘chalari rekonstruksiya qilinmoqda:

1. O‘zbekiston ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi chorrahasigacha;
2. Bobur ko‘chasining Xalqaro aeroportdan Nukus ko‘chasigacha;
3. Nukus ko‘chasining Bobur ko‘chasi Mustaqillik ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

Shuningdek, Toshkent Xalqaro aeroporti hududida avtoturargoh qurish ishlari rejalashtirilgan.
Toshkent shahridagi quyidagi yo‘l o‘tkazgichlarning tonnel qismlarida ta'mirlash-tiklash ishlari olib boriladi:

1. Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi   yo‘l o‘tkazgich ;
2. Mustaqillik va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishuvidagi  yo‘l o‘tkazgich;
3. Mustaqillik  va TKAXY (Salor temir yo‘l ko‘prigi va avtoyo‘l ko‘prigi)  yo‘l o‘tkazgichi;
4. Do‘rmon yo‘li ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgich.

Shuningdek, Toshkentda Markazlashgan hamda Respublika Yo‘l fondi mablag‘lari hisobidan ham katta hajmda magistral ko‘chalarni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda:

1. Mustaqillik ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha;
2. Amir Temur ko‘chasining  Amir Temur xiyobonidan Quloqtepa ko‘chasigacha;
3. Afrosiyob ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
4. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Taraqqiyot ko‘chasidan TTZ shohbekatigacha;
5. Do‘rmon ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan “Bog‘ishamol” ko‘chasigacha bo‘lgan qismida rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi.

Respublika yo‘l fondi mablag‘lari hisobidan esa Nurafshon ko‘chasining Beruniy ko‘chasidan Chilonzor Oqtepa maydonigacha uzaytirilishi; Nukus ko‘chasini Muqimiy va Bobur ko‘chalari oralig‘ida uzaytirish; Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Ohangaron shossesigacha Taraqqiyot ko‘chasini qurish ishlari davom ettirilmoqda.

«Hamyurtlarimiz olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish ishlari davomida yuzaga kelayotgan noqulayliklar, yo‘llardagi tirbandliklarni to‘g‘ri tushunadilar, deb umid qilamiz», — deyiladi hokimlik axborotida.