Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha “Kamolot” kubogi uchun xalqaro turniri yakunlandi
Toshkentdada 2003-2010 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha “Kamolot” kubogi uchun xalqaro turniri yakunlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan yuzdan ziyod gimnastikachi ishtirok etdi.
Turnirda o‘zbekistonlik gimnastikachilardan So‘g‘diyona Abdurazzoqova, Ra'no Islomova, Anastasiya Stepanenko, Aynura Muzaffarova, Samira Yusupova, Sabina Hamidullayeva, Diyora Hamidullayeva, Dilshoda Salimova, Diyora Mannonova, Zilola Manqulova, Samira Gusenova, Oydina Qosimjonova o‘z yosh toifalarida g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.