Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yil oxirigacha ta'mirlanadigan yo‘l va yo‘laklar ro‘yxati ma'lum qilindi
Bugun, 30 may kuni Toshkent shahar hokimligida poytaxtdagi yo‘llarda olib borilayotgan qurilish, ta'mirlash ishlariga bag‘ishlangan brifingda Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi joriy yil yakunigacha ta'mirlanadigan yo‘l va yo‘laklar ro‘yxatini ma'lum qildi.
Shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yil yakuniga qadar shahar va tumanlar tasarrufidagi yo‘l va yo‘laklarni butkul va joriy ta'mirlash rejalari quyidagicha:
1. H.Boyqaro ko‘chasi (DSN binosidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq);
2. Nukus ko‘chasi (Bobur ko‘chasidan Taraqqiyot ko‘chasidagi transport tonneligacha bo‘lgan oraliqda bordyur almashtirish);
3. Qorasaroy ko‘chasi (A.Qodiriy ko‘chasidan Qumloq ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq);
4. Beshyog‘och ko‘chasi (Samarqand darvoza ko‘chasidan Masjid binosigacha bo‘lgan oraliq);
5. Katta Qa'ni ko‘chasi (Foziltepa ko‘chasidan Al-Xorazmiy ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq);
6. Yangi Yunusobod ko‘chasi (Yangi Shahar ko‘chasidan TAHYgacha bo‘lgan oraliq);
7. Bobur ko‘chasi (Aeroport yo‘li o‘tkazgichidan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan oraliqda bordyur almashtirish);
8. Beshariq ko‘chasi ( Izzat ko‘chasidan 48-ko‘p qavatli uygacha bo‘lgan oraliq);
9. Yangi Baynalmilal ko‘chasida yo‘l va yo‘laklarni avtoturargoh bilan birga butkul ta'mirlash;
10. Bobur ko‘chasi (Aeroport maydonidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq);
11. Nukus ko‘chasi (Bobur ko‘chasidan Taraqqiyot ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq);
12. Yahyo G‘ulomov ko‘chasi (Mustaqillik shox ko‘chasidan Istiqbol ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq);
13. Abdulla Qodiriy ko‘chasi (Rashidov ko‘chasidan Qori Niyoziy ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq).
Ta'mirlash ishlari 2016 yil yakuniga qadar tugatilishi ko‘zda tutilgan.