Sport | 10:11 / 30.05.2016
10463
2 daqiqa o‘qiladi

“Universiada – 2016” sport o‘yinlarida Toshkent shahri jamoasi birinchi o‘rinni egalladi

28 may kuni Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida “Universiada – 2016” respublika sport o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Universiada – 2016” sport o‘yinlari g‘oliblari taqdirlandi. 

Natijalarga ko‘ra, Toshkent shahri jamoasi eng ko‘p medal jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi. Jamoaga yuksak mukofot – O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning “Universiada – 2016” sport o‘yinlari ishtirokchilariga tabrigining asl nusxasi va Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomobili topshirildi.

Umumjamoa hisobida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan Farg‘ona va Samarqand viloyatlari jamoalariga ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi – “Damas” avtomobillari topshirilgan.

Universiada musobaqalari 15 sport turi – basketbol, boks, voleybol, gandbol, dzyudo, yengil atletika, og‘ir atletika, stol tennisi, suzish, taekvondo (WTF), tennis, futbol, shaxmat, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha tashkil etildi.

Navbatdagi Universiadaga Samarqand viloyati mezbonlik qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish