Fan-texnika | 16:31 / 30.05.2016
3934
1 daqiqa o‘qiladi

WhatsApp dunyoning 109 davlatida eng ommabop Android messenjeri bo‘ldi

SimilarWeb tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, WhatsApp dunyoning 109 mamlakatida Android operatsion tizimida ishlovchi eng ommabop mobil messenjer ilovasi hisoblanadi. 

Umuman kompaniya 187 davlatdagi foydanuvchilarning fikrini o‘rgangan. Unga ko‘ra, Facebook Messenger va Viber yetakchi uchlikdan joy olgan.

WhatsApp ilovasi asosan, Rossiya, Germaniya, Italiya, Hindiston kabi mamlakatlar, shuningdek Lotin Amerikasining barcha davlatlari fuqarolari uchun qiziqarli mobil dastur hisoblanadi. 

Facebook Messengerdan esa, 49 mamlakat, jumladan AQSh, Kanada, Avstraliya, Fransiya, Norvegiya davlatlarida keng qo‘llaniladi.

Viberdan esa, 15 davlatda, xususan Belorussiya va Ukrainada ommaviy ravishda foydalaniladi.

SimilarWeb tadqiqotiga ko‘ra, Telegram ilovasi O‘zbekiston va Erondagi Android-foydalanuvchilari orasida keng tarqalgan. 

O‘z navbatida, Xitoy va Yaponiya mamlakatlari tegishli ravishda WeChat va Lion messenjerlarini ma'qul ko‘rishadi.