Jahon | 07:34 / 31.05.2016
3588
1 daqiqa o‘qiladi

Air France samolyoti Rigada favqulodda qo‘ndi

30 may kuni Parijdan Pekinga uchayotgan Fransiyaning Air France aviakompaniyasi samolyoti Latviya poytaxti – Rigada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Samolyot Rigaga qo‘nishga majbur bo‘lgani sababi oshkor qilinmagan, biroq guvohlarning aytishicha, samolyot qo‘nishi bilanoq uning yoniga tez yordam va politsiya mashinalari yetib kelgan. 

Ushbu vaziyat Riga aeroporti ishiga ta'sir qilmagan. "Biz samolyotning majburiy qo‘nishi sababiga izoh berishga haqqimiz yo‘q. Boz ustiga samolyot bevosita Rigaga kelayotgan bo‘lmagan. Samolyotning Riga aeroportida qabul qilinishi qolgan reyslarga ta'sir qilmadi, barchasi jadval bo‘yicha ishlamoqda", deb aytdi aeroport vakili Sarmite Rinmane.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish