Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:37 / 31.05.2016
6246
1 daqiqa o‘qiladi
Alyaskada kruiz kemasi kitni urib yubordi
Holland America kompaniyasining “Zaandam” kruiz kemasi Alyaska janubidagi Syuard portidan chiqaverishda uncha katta bo‘lmagan yo‘l-yo‘l kitni urib yubordi. OAV xabarlariga ko‘ra, port biqinida joylashgan kemaning burun qismida sut emizuvchining jasadiga guvoh bo‘lishgan.
Holland America kompaniyasi vakili Selli Endryusning aytishicha, yarim soat davomida tekshiruv ishlari olib borilgan, ammo kemaning burun qismida aytarli hech qanday narsa topilmagan.
Kit jasadi uning halok bo‘lish sabablarini o‘rganish maqsadida portga olib chiqilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish