Jamiyat | 18:17 / 31.05.2016
9269
2 daqiqa o‘qiladi

Alla Pugachyova bo‘sh vaqtini farzandlariga bag‘ishlamoqda

Alla Pugachyovaning to‘ng‘ich farzandi Kristina Orbakayte yaqindagina 45 yoshini nishonladi. Uning tug‘ilgan kunida Pugachyova o‘zining kenja farzandlari - egizaklar Yelizaveta va Garri bilan tashrif buyurdi. 

Farzandlar o‘rtasidagi farq 40 yoshdan ortiqni tashkil etsa-da, bu raqamlarga hech kim e'tibor bermay qo‘ygan. Kenja farzandlari dunyoga kelganidan so‘ng Primadonna yosharib ketdi, u kuch-quvvatga to‘la.

Ma'lumki, Alla Pugachyova Kristinani dunyoga keltirgan paytlar u ko‘p vaqtini gastrol safarlarida o‘tkazgan. Shuni unutmagan holda 67 yoshli Pugachyova hozirda bor vaqtini oilasiga bag‘ishlamoqda, u farzandlarining hayotidagi muhim damlarni o‘tkazib yuborishni istamaydi hamda ularni erkalab kichkina Galkinlar deb ataydi. Sentyabr oyida Yelizaveta va Garri uch yoshga to‘lishadi. 

39 yoshli Maksim Galkin esa oila boshlig‘i rolini qoyilmaqom qilib uddalamoqda. Bugungi kunda u Birinchi kanalda yo‘lga qo‘yilgan yangi "MaksimMaksim" loyihasi boshlovchisidir.