Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple kompaniyasi iPhone'ga ikki yilda emas, uch yilda bir marta tubdan o‘zgartirish kiritishni maqsad qildi
Apple kompaniyasi iPhonening tubdan o‘zgargan turini har ikki yilda emas, balki uch yilda bir marta taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Nikkei yapon gazetasi xabar berdi.
Nikkei gazetasining fikriga ko‘ra, Apple kompaniyasi siyosatining bunday o‘zgarishi smarfton bozori rivojlanishining to‘xtashi, shuningdek, bu sohada “innovatsiyalar uchun bo‘shliqlarning” yo‘qligi sabab bo‘lmoqda ekan.
Nashrda yozilishicha, 2016 yilning kuzida Apple iPhone 6 va iPhone 6sdan uncha farq qilmaydigan smartfonni ishlab chiqaradi.

Yangi qurilma yaxshilangan kamera va batareya, shuningdek, ko‘plab mish-mishlarga muvofiq, quloqchinlar uchun an'anaviy portdan holi bo‘ladi. Umuman olganda, sonli versiyadan «s» versiyaga o‘tgani kabi yangilanishda ham katta o‘zgarishlar kutilmaydi.

Nikkei nashrida kuzda namoyish etiluvchi qurilma qanday nomlanishi ma'lum qilinmagan, biroq Apple’ning tubdan o‘zgargan dizaynli modeli 2017 yilda taqdim etiladi.
