Jamiyat | 09:41 / 31.05.2016
5709
2 daqiqa o‘qiladi

Arxeologlar Madagaskar orolida yashagan ilk odamlar nomini e'lon qildi

Xalqaro olimlar jamoasi, Madagaskar orolida birinchilardan bo‘lib, janubi-sharqiy Osiyodan kelganlar istiqomat qilganini isbotlovchi arxeologik topilmalarni qo‘lga kiritishdi. Ushbu tadqiqotga bag‘ishlangan hisobot Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi, deb xabar qilmoqda EurekAlert nashri. 

Madagaskar oroli, Afrika qit'asidan 480 km uzoqlikda joylashgan. Shunga qaramay, tub-joy aholi avstroneziya tillari oilasiga mansub malagasiy tilida muloqot qiladi. Avstroneziya tillari esa, Madagaskardan minglab kilometr uzoqlikdagi janubi-sharqiy Osiyo va Okeaniyada keng tarqalgan. 

Olimlar Madagaskar va Komor orollarining 18ta qadimgi yodgorligidan olingan 2443 ta o‘simlik qoldiqlarini tahlil qilishgan. Namunalar eramizning VIII-X asrlariga oid. Bu o‘simliklar Afrika qit'asining Madagaskarga yaqin hududlarida o‘sadigan o‘simliklardan tubdan farq qiladi. 

Arxeologlarning taxmin qilishlaricha, Madagaskar va Komor orollarini egallaganlar, o‘zlari bilan janubi-sharqiy Osiyoga oid qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini keltirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish