Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada maktab o‘quvchilari yaxshi o‘qigani uchun Olimpiadaga bepul chiptalar olishi mumkin
Rio-de-Janeyro shahri hukumati Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari uchun 500 mingdan ziyod chipta sotib oladi. Shahar meriyasi vakili Pedru Pauluning aytishicha, bu chiptalar davlat xizmatchilari, a'lochi o‘quvchilar va imkoniyati cheklangan kishilarga tarqatiladi.
Uning aytishicha, ushbu tashabbusning vazifalaridan biri Paralimpiadaga chiptalarni sotish muammosini yechish bilan bog‘liq. Chiptalarga hozircha talab katta emas: ayni paytgacha muxlislar chiptalarning atigi uchdan bir qismini xarid qilgan, Olimpiada o‘yinlariga chiptalarning esa 60 foizi allaqachon sotilib ketgan.
Chiptalarning barchasi avvalroq meriya tomonidan belgilab qo‘yilgan mezonlarga muvofiq taqsimlanadi. Masalan, davlat umumta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘tgan yarim yil ichida faqat yaxshi baholarga o‘qigan bo‘lsagina, Olimpiadani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari Rio-de-Janeyroda 2016 yilning 5-21 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Paralimpiada esa 7-18 sentabr kunlarida o‘tkaziladi.