20:33 / 31.05.2016
16612

“Yer kurrasida tinchlik” rasmlar ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab maktabgacha ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yer kurrasida tinchlik” rasmlar ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqich joriy yilning aprel – may oylarida o‘tkazildi. Unda hududiy miqyosda g‘oliblar aniqlandi. 

Tanlovda 3-6 yoshli bolalar o‘rtasida Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi 9-maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi E'zoza Bahromqulova, 7-11 yoshli qatnashchilar o‘rtasida Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 69-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Laylo Qo‘chqorova, 12-15 yoshli o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi 36-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Muxlisa Qurbonova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

G‘olib va sovrindorlarga diplom va sovg‘alar topshirildi.

Top