Erdo‘g‘an Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni istamoqda
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni istashi, ammo buning uchun Moskva Anqaradan "birinchi qadam" sifatida qanday harakat kutayotgani haqida tushunchaga ega emasligi haqida aytib o‘tgan.
Uning fikricha, ikki davlat o‘zaro munosabatlarni yaxshilash ustida ishlashi kerak.
U "uchuvchining xatosi" tufayli Rossiya va Turkiya munosabatlariga sovuqchilik tushganini ta'kidlab o‘tgan.
Bundan oldinroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Su-24 samolyoti bilan bog‘liq voqeaga qaramasdan Rossiya Turkiya bilan munosabatlarni avvalgi holiga qaytarishni istashi, buning uchun Turkiya tomonidan zarur qadamlar tashlanishi kerakligini ma'lum qilgandi.
30 may kuni Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li Anqaraning Rossiya-Turkiya munosabatlarini normallashtirish uchun komissiya tuzilishi bo‘yicha taklifi haqida bildirgandi.