Jahon | 16:43 / 31.05.2016
6523
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Rossiyani "strategik muammo" deb hisoblaydi

Yevropa diplomatiyasi rahbari Federiko Mogerini ma'muriyati tomonidan tayyorlangan, YeI tashqi siyosatining o‘rtamuddatli istiqboliga oid strategiyasida, YeIning Rossiya bilan munosabatlari "strategik muammo" deb baholangan. Bu haqda, Yevrokomissiya bilan hamkorlik qiluvchi EurActiv internet portali xabar qilgan. 

"Hamkor ham, dushman ham emas, balki strategik muammo, bu fikrimcha eng yaxshi diplomatik iboradir", — deya Yevropa bosh diplomati so‘zlaridan iqtibos keltiradi OAV. 

Bundan tashqari, hujjat loyihasida, YeIning Rossiya bilan xalqaro maydondagi o‘zaro aloqasi "cheklangan hamkorlik", deb ta'riflangan.

Bunda, Mogerinining tan olishicha, Ittifoqning ayrim mamlakatlari bunday talqin qilish o‘ta keskin kayfiyatni bildiradi, deb hisoblaydi va ularni yumshatishni xohlashadi. Ammo, YeIning boshqa a'zolari Rossiya "Ukrainadagi agressor davlat" sifatida baholanishini istashadi.

Shu yilning 28-29 iyun kunlari YeIga a'zo 28 davlat va hukumat rahbarlari mazkur loyihani muhokama etib, uni qabul qilishi kutilmoqda.