Jahon | 16:30 / 31.05.2016
3016
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik temiryo‘lchilar noma'lum muddatga ish tashlashdi

SNCF temir yo‘l kompaniyasi xodimlari mehnat qonunchiligida amalga oshirilgan islohotlarga qarshi 31 may kuni noma'lum muddatga ish tashlashdi. Bu haqda fransuz OAV xabar bergan.

Ish tashlash natijasida shahar tashqarisidagi hamda mintaqaviy yo‘nalishlardagi harakatlar uzilish bilan amalga oshirilishi kutilmoqda.

Ish tashlovchilar bu bilan kasaba uyushmalari hamda temir yo‘l kompaniyalari o‘rtasida yangi mehnat shartlariga tayangan muzokaralar o‘tishiga ishonishmoqda.