Light | 17:30 / 31.05.2016
38220
4 daqiqa o‘qiladi

Fratelli Casa - O‘zbekistondagi ilk kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan birining tarixi

Yangi yuz yillik boshlarida O‘zbekistonda va aynan Toshkent shahrida ommabop kiyim-kechak yechimi faqat «Ippodrom» va bir nechta boshqa bozorlarda hal bo‘lar edi.

Ularda «turItskiy» va «xitoy fabrichnIy» deb nomlangan mollar lim to‘la bo‘lib shaharning barcha joylaridan ushbu bozorlarga transport qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. Ammo O‘zbekistonda esa kiyim-kechak ishlab chiqarish darajasi ancha past va achinarli holatda edi.

«Dolce&Gabbana», «Armani Exchange» «Chanel» va shular kabi qalbaki yozuvlar erkak va ayol kiyimlari ustida o‘z o‘rnini topgan bir paytda «UZB», «Tashkent», «Uzbekistan» yozuvlari yoki biron bir milliy usulda nomlangan brendni yaratib, taniqlikka va muvaffaqiyatga erishish mashaqqatli ish deb hisoblanardi.

Chetdan olib kelish, sotish o‘rniga, mahalliy sifatli va hamyonbop kiyimlar chiqarishni ko‘zda tutganlar orasida aka-uka Sherzod va Shoxruh Qayumovlar ham bor edi. Ular kiyimga qiziquvchan, o‘z brendlarini ro‘yobga keltirish va muvaffaqiyat qozonishni ko‘zda tutgan holda 2006 yilning may oyida o‘z brendlariga asos solishdi.

Brendlariga nom berishda yuqorida aytib o‘tilgan faktlar o‘z ta'sirini ko‘rsatdi deyish ham mumkin. Chunki brendning nomini o‘zbekcha emas, balki o‘sha paytlari odamlarning qiziqishlariga sazovor bo‘lish uchun italyancha nom berishdi – Fratelli Casa (italyanchadan «Aka-ukalar uyi» deb tarjima qilinadi).

Birinchi 3 yil bozorlar bilan ishlashga to‘g‘ri keldi. Keyinchalik tadbirkorlar o‘z nazarlarini Toshkent shahrida joylashgan kiyim-kechak do‘konlariga tashlashdi. Ular 2011 yilda bozorlar bilan ishni to‘xtatib, nafaqat Toshkentdagi, balki O‘zbekistondagi boshqa kiyim-kechak do‘konlari bilan ham hamkorlikni boshlashdi.

Joriy yilda Fratelli Casa tashkil topganiga 10 yil to‘ldi.

Shuncha vaqt o‘tdi. Ushbu brend nimalarga erishdi? Vatanparvarlik kuchi ularni qay darajaga olib chiqdi? Mehnatning foydasi ko‘rindimi?

Bu savollarga javob keltirish uchun quyida o‘quvchilarga Fratelli Casa to‘g‘risida bir nechta faktlar keltiriladi.

— Bugungi kunda Fratelli Casa yiliga 15 xil mato va 10 xildan ziyod rangdan yosh erkak va ayollar uchun 200tadan ortiq kiyim-kechak ishlab chiqarmoqda;
— O‘zbekiston bo‘ylab 60dan ziyod do‘konlar bilan hamkorlik qiladi;

— 2016 yil, 8 aprel kuni Toshkent shahrida Fratelli Casa o‘zining brend do‘konini ochdi;
— Toshkentda o‘tgan «Modalar festivali» qatnashchisi;
— Italiyaning «Modalar palatasi» raisi Mario Bozellining Toshkentda mezboni;
— 2014 yil «Kapitalbank» eng yaxshi sarmoya dasturi g‘olibi;

— O‘zbekiston tematikasiga oid yuzlab futbolka va boshqa har xil ommabop kiyimlar ishlab chiqaruvchi;
— Minglab muxlislar;
— Ijtimoiy tarmoqda moda yo‘nalishida o‘ziga xos aktiv holda ish olib boradi;
— Eng muhimi har bir chiqargan mahsuloti uchun yuqori darajada javob bera oladigan brend;

Fratelli Casa – sifatda qiymatni ardoqlab!

Do‘kon manzili: Toshkent shahri, «Orzu» ko‘ngilochar savdo markazi, 1-qavat. Milliy dizaynerlar alleyasi, yo‘lak oxiridan o‘ngga qayrilish kerak.

Do‘kon telefoni: +998(90) 351-94-19

Do‘kon yangiliklarini fratellicasa.uz sayti, Facebook'dagi sahifasi va Instagram'da kuzatish mumkin.

Reklama huquqi asosida.