Xakerlar Keti Perrining rekord natija qayd etgan tvitter sahifasini buzishdi
Noma'lum shaxslar qo‘shiqchi Keti Perrining 89 million folloverga ega tvitterini buzib ochishdi va unda haqoratomuz so‘zlar ishlatib, bir necha kishilarga murojaatli yozuvlar yuborishdi.
Xakerlar tomonidan qoldirilgan birinchi tvitlar #hackersgonnahack heshtegiga ega bo‘lgan va @sw4ylol akkauntini follou qilishni taklif etgan, bu akkaunt sohibi o‘zining birinchi yozuvini 29 may kuni nashr qilgan. Uni servisning 1400 foydalanuvchisi follou qilgan.
Tvitlardan birida anonim foydalanuvchi go‘yoki Keti Perri tomonidan qoldirilgan hamda Universal Music Group mualliflik huquqi buzilgani sabab o‘chirib tashlangan SoundCloud xabari skrinshotini chop etdi.
Perrining mikroblogi tvitterda eng mashhur mikrobloglardan biri hisoblanadi. Bu xakerlar buzib ochgan birinchi yulduzning akkaunti emas. Undan avval Jastin Biber va Britni Spirsning profillari buzib ochilgan.