Jamiyat | 20:50 / 31.05.2016
5113
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik qariya og‘ziga 500ta somonchani sig‘dirish uchun barcha tishlarini oldirib tashladi

Hindistonning Nyu-Deli shahrida yashovchi Har Parkash Rishi o‘z og‘ziga bir vaqtning o‘zida 500ta somoncha (idishdan suyuqlik ichish uchun mo‘ljallangan, somonchaga o‘xshash buyum) va 50dan ortiq yonayotgan shamni sig‘dirib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda The Huffington Post nashrida yozilgan.

Bunga erishish uchun hindistonlik qariya og‘zidagi barcha tishlarini oldirib tashlagan.

74 yoshli Rishining yutug‘i Ginnesning Rekordlar kitobi vakillari tomonidan qayd etilgan.

Shuningdek, u badaniga turli davlat bayroqlari ko‘rinishidagi 366ta tatuirovka tushirib, yana bir rekord qayd etgan. Bu ma'lumot tashkilot saytida keltirilgan.

Bundan tashqari, erkak Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan yana 20dan ortiq natijalar muallifi hisoblanadi. Rishi ilk marta 1990 yilda tashkilot e'tiboriga tushgandi. O‘shanda u do‘stlari bilan skuterlarda 1001 soat davomida uzluksiz uchgan edi.

The Huffington Post nashrida qayd etilishicha, u o‘zini Ginness Rishi deb atamoqda.

Endi rekordchi tanasiga dunyo yetakchilari portretlarini maksimal miqdorda chizdirish orqali, navbatdagi rekordini o‘rnatishni niyat qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish