Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada Messi ustidan soliqlardan bo‘yin tovlashi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi
Ispaniyada soliqlarni to‘lashdan qochishda ayblanayotgan «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va uning otasi Xorxe Messi ustidan sud jarayoni boshlandi.
Hukumat Lionel va uning otasi Xorxe Oraso Messini futbolchining 2007 yildan 2009 yilgacha bo‘lgan davrdagi reklama daromadlaridan soliq to‘lamaslik uchun Beliz va Urugvayda bir qator soxta kompaniyalar yaratishda ayblamoqda.
Messi futbolchilik faoliyatidan oladigan daromaddan tashqari, Banco Sabadell, Danone, Adidas, Pepsico, Procter & Gamble va Kuwait Food Company kompaniyalarining mahsulotini reklama qilgani uchun foyda oladi. Futbolchi daromadlarini yashirish orqali Ispaniya xazinasiga 4 mln yevro miqdorida zarar keltirgani iddao qilinmoqda.
Prokuror argentinalik futbolchiga jarima qo‘llash va uni 22 oy muddatga qamashni talab qilgan. Sud eshituvi 3 kun davom etadi.