O‘zbekiston | 16:07 / 31.05.2016
5617
1 daqiqa o‘qiladi
Koreya Respublikasi O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi
2016 yilning 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Koreya Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon Uni qabul qildi.
Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi hamda muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Janubiy Koreya muloqoti doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Koreya Respublikasining avvalgi elchisi Li Uk Xyok o‘z missiyasini yakunlagandi.