Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kumush Razzoqovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Vladimir Baramikov saraton kasali bilan Hindistonda davolanmoqda
23 may kuni feysbuk foydalanuvchilaridan biri Sanora Kalandarova “UNA records” bosh direktori, prodyuser, bastakor Vladimir Valentinovich Baramikovning og‘ir xastalikka chalingani va Hindistonda davolanishi uchun mablag‘ lozimligini aytib, yordam so‘ragan.
“Vladimir Valentinovich Baramikov jiddiy kasallikka chalinib, u bizning yordamimizsiz xastalikni yenga olmaydi. Ushbu kasallikni davolash uchun Hindistonda jarrohlik amaliyotiga murojaat qilish lozim. Uning sog‘ayib ketishiga umid bor. V.V.Baramikov juda yaxshi inson va u bizning san'at sohasidagi faxrimiz hisoblanadi. Vladimir Valentinovich Baramikov “Sado” va “Navo” guruhlarigaasos solib, O‘zbekiston va Rossiyada yaratilgan ko‘plab filmlar musiqasi muallifi hamdir.
Shu tariqa Sanora Qalandarova Vladimir Valentinovichning ijodi haqida qisman to‘xtalib, bu insonning san'at sohasidagi rejalari bisyor, ushbu rejalarning amalga oshishiga yordam beraylik!”, deb yozadi.
Bu borada Qalampir.uz sayti Vladimir Valentinovichning sobiq rafiqasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kumush Razzoqova bilan bog‘lanib, bastakorning ahvoli bilan qiziqadi.
Kumush Razzoqova Vladimir Baramikovning saraton kasalligiga chalingani, bastakorning davolanishi uchun hisob raqami ochilganini va 29 may kuni Hindistonga jarrohlik amaliyoti uchun jo‘nab ketgani haqida aytadi.
Ushbu ma'lumotni Vladimir Valentinovich Baramikovning Facebook’dagi sahifasida do‘stlari tomonidan yozib qoldirilgan izohlar ham tasdiqlaydi.
Vladimir Valentinov oxirgi paytlarda feysbukdagi sahifasida sobiq rafiqasi Kumush Razzoqova va u bilan birgalikda muxrlangan suratlarni joylashtirgan.
Suratlar ostida esa bastakorning ko‘plab do‘stlari uning tezroq sog‘ayib ketishini tilashgan.