Kuvayt amirini haqorat qilgan hukmron oila a'zolari jazolandi
Kuvayt sudi qirollik oilasining uch nafar a'zosini mamlakat hukmdori - amirni haqorat qilganligi uchun qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda 30 may kuni Reuters xabar qilmoqda.
Umumiy olganda bu ishda olti nafar kishi javobgarlikka tortildi, ulardan uch nafari hukmron oila a'zosi bo‘lsa, qolgan uch nafari oddiy xalq vakillaridir. Ular besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ularning orasidan bir kishigina oqlandi. Ularning barchasi WhatsApp messenjeri orqali aloqada bo‘lishgan va Saboh al-Ahmad al-Jobir as Sabohga nisbatan noxolis munosabatda bo‘lishgan.
Agentligining ma'lum qilishicha, Kuvayt Yaqin Sharqdagi eng ochiq siyosatli davlat hisoblanadi. Shu sabab bu yerdagi hukmron vakillar tez-tez tanqid ostiga tushib qolishadi. Amirning so‘zi bu yerda siyosi masalalarni hal etuvchi kuchga ega hisoblanadi, shuning uchun uni tanqid qilish taqiqlangan. Mamlakat qamoqxonalarida uni tanqid qilgan o‘nlab mahbus saqlanadi.