Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Kaddafining o‘ldirilishini harbiy jinoyat deb atadi
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Liviyaning sobiq prezidenti Muammar Kaddafining 2011 yili harbiy jinoyat vositasida o‘ldirilgani haqida gapirdi.
"O‘shanda xato ish bo‘lgandi, xato bo‘lgandaki, BMT XK mandati buzilgandi. Ruxsatsiz holda mustaqil davlat havo hududiga kirilgan va bu davlat bombardimon qilingandi. Bu bilan cheklanib qolmasdan, Kaddafini vahshiylarcha o‘ldirishgan. Bu axir harbiy jinoyat edi", deydi Lavrov kp.ru sayti efiri orqali.
Muammar Kaddafining o‘ldirilishidan keyin Liviya ikkiga ajralib ketdi. Ayni vaqtda mamlakat sharqida xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hukumat faoliyat ko‘rsatadi, mamlakat poytaxti Tripoli va uning atrofida esa radikallar tomonidan nazorat qilinadi.