Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva viloyatida ochilgan yangi "Jukovskiy" aeroportida aviaaloqa iyun o‘rtasidan boshlanadi
Moskva viloyatida 30 may kuni ochilgan yangi "Jukovskiy" aeroportida aviaaloqa 20 iyundan boshlanishi belgilandi. Bu haqda "Rostex" bosh direktori o‘rinbosari Dmitriy Shugayev ma'lum qildi.
"Qozog‘istonning SCAT va Qirg‘izistonning Air Kyrgyzstan aviakompaniyalari bilan bugun imzolangan kelishuvning o‘zi haftasiga 20 tadan reys boshlashga imkon beradi. Boshiga bu yomon emas, bu parvozlar iyun o‘rtalaridan boshlanadi", deb aytdi Shugayev.
Aeroportning investori va operatori hisoblanuvchi "Ramport Aero" kompaniyasi shuningdek Sky Gates Airlines va "Aviastar-TU" aviakompaniyalari bilan ham bitim tuzgan.
Shugayevning aytishicha, kelajakda hajmlar ko‘payib boradi. Uning ta'kidlashicha, aeroportning yo‘lovchilar oqimi rivojlanish rejalarini hisobga olmaganda oyiga 2,4-2,5 ming kishini tashkil qiladi. Shu bilan birga Rossiya bozoridan inqiroz sababli ketgan xorijiy loukosterlar yangi aeroportga qiziqish bildirmoqda.
Ta'kidlanishicha, aeroportga borish uzoq vaqt oladi.
Aerodrom infratuzilmasi (uchish-qo‘nish polosasi, perronlar va shu kabilar) ekspluatatsiyasi qiymati yiliga 250 mln rublga aylanadi, bu pulni ushbu obektlar biriktirilgan Gromov nomidagi uchish-tadqiqot instituti to‘laydi.
Aviakompaniya tomonidan xizmat ko‘rsatish narxlari Moskvaning boshqa aeroportlari darajasida bo‘ladi, biroq aviakompaniyalarga chegirmalar taqdim qilish imkoniyati ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, yangi aeroport Moskva aviauzelining Sheremetevo, Vnukovo va Domodedova aeroportlaridan keyin 4-aeroporti bo‘ldi.