Jahon | 10:16 / 31.05.2016
5897
2 daqiqa o‘qiladi

NATO Rossiya bilan avvalgi munosabatlarni tiklamaydi

NATO mamlakatlari, Rossiya bilan munosabatlar avvalgidek, business as usual qoidasiga ko‘ra olib borilmasligi borasida yakdil fikrda, deya bayonot bermoqda Polsha milliy xavfsizlik byurosi rahbari Pavel Solox.

Solox,  Polsha yuqori lavozimli mulozimlarining NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan Varshavada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida qatnashgan. Stoltenbergning Varshavaga tashrifi alyansning iyul oyidagi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirilgan. 

"OAVda qanaqa xabar yoki mish-mishlar tarqalmasin, alyansning barcha a'zolari Rossiya bilan business as usual qoidasiga qaytmaslikda bir xil fikrda",- degan Solox PAP axborot agentligiga. 

Bu masalada RF qarashi qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, tashkilotning Varshava sammiti keskin o‘zgarishlarga boy bo‘ladi. Unda, NATOni sharqiy chegaralarini kengaytirishga oid muhim qarorlar qabul qilinadi. 

Soloxning aytishicha, garchi bu odatdagi harbiy bazalar ko‘rinishida bo‘lmasa-da, xalqaro kuchlar alyansning sharqiy chegaralarini nazorat qilishadi.