Sport | 09:12 / 31.05.2016
4472
1 daqiqa o‘qiladi

Neapol yozgi Universiada-2019 musobaqasi poytaxti deb tasdiqlandi

Italiyaning Neapol shahri 2019 yilgi yozgi Universiada o‘tkaziladigan shahar sifatida tasdiqlandi. Bu haqda Universitetlar sporti xalqaro federatsiyasi (FISU) bergan ma'lumotga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.   

Avvalboshdan musobaqa Braziliya poytaxti Braziliada o‘tkazilishi belgilangandi, biroq keyinroq shahar rahbariyati musobaqalarni o‘tkazishdan voz kechdi.

27 may kuni FISU prezidenti Oleg Matitsin boshchiligidagi delegatsiya Neapolga tashrif buyurdi va Neapolni musobaqani o‘tkazishga nomzod sifatida ko‘rib chiqqan qo‘mitaning xulosasiga ijobiy baho berdi. So‘ngra tashkilot ijroiya qo‘mitasi a'zolari Universiada poytaxti sifatida Neapolga o‘z ovozlarini berdilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish