Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nokia sog‘lom turmush tarzi uchun gadjyet ishlab chiqaruvchi Withings kompaniyasini sotib oldi
Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi sog‘lom turmush tarzi uchun texnik vositalar va elektronik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha jahonning yetakchi kompaniyasi bo‘lmish Withings’ni (Fransiya) sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzish ishlarini yakunladi. Bu haqida Nokia matbuot xizmati xabar beradi.
Kompaniya xabarida qayd etilishicha, bitim rejalashtirilishidan avvalroq tuzib bo‘lingan. Withings kompaniyaning Nokia Technologies bo‘linmasi bir qismiga aylanadi.
Avval xabar berilganidek, bitim bahosi 170 mln yevroni tashkil etadi.
Nokia Technologies qayd etishicha, Withings sotib olinishi bo‘linmaning mahsulotlar tarmog‘ini kengaytirishda, jumladan, sog‘lom turmush tarzi uchun qator ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda yangi davrni boshlab beradi.