Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy trevogadan keyin yana odatdagi ishiga qaytdi
AQSh prezidenti qarorgohi – Oq uy uning hududiga otilgan noma'lum buyum sababli ko‘tarilgan trevogadan keyin odatdagi ishiga qaytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda AQSh maxsus xizmati rasmiy vakili Shon Xolttsklau ma'lum qildi.
Uning aytishicha, mahalliy vaqt bilan soat 12:15da bir kimsa Oq uyning shimoliy panjarasi ustidan uning hududiga metall buyum uloqtirgan. Bu vaqtda Oq uyda AQSh prezidenti Barak Obama bo‘lgan. Voqea Obama Arlington qabristonidagi marosimdan qaytgandan keyin bir necha daqiqadan keyin yuz bergan.
Maxsus xizmat xodimlari qoidabuzarni darhol ushlashgan. U otgan buyum ichida qog‘ozlar bo‘lgan paket bo‘lib chiqqan.