Jahon | 18:55 / 31.05.2016
3803
1 daqiqa o‘qiladi
Peterburgda 2016 yilda so‘nggi 110 yil ichidagi eng issiq may kuzatildi
Peterburgda so‘nggi 110 yil ichida 2016 yilning mayi eng issiq keldi, deb xabar bermoqda «Interfaks».
Bu haqda shaharning bosh sinoptigi Aleksandr Kolesov xabar qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, may oyining havosi o‘rtacha 14,7 darajani ko‘rsatkan.
«Anomaliya yuqori — 3,8 daraja bo‘ldi. Bu so‘nggi 110 yil ichidagi eng issiq may bo‘ldi», - dedi u.