19:42 / 31.05.2016
5519

Reshford Angliya terma jamoasining Yevro-2016 uchun yakuniy tarkibidan joy oldi

Roy Hojson Angliya terma jamoasining 2016 yilgi Yevropa chempionati uchun yakuniy tarkibini ma'lum qildi. Murabbiy ro‘yxatga «Manchester Yunayted»ning 18 yoshli hujumchisi Markus Reshford nomini ham kiritgan. Bu turnir futbolchi uchun xalqaro doiradagi ilk musobaqaga aylanadi.

Kengaytirilgan ro‘yxatdagi Denni Drinkuoter, Delf (jarohat) va Andreas Taunsend Fransiyaga olib ketilmaydigan bo‘lgan.

Darvozabonlar: Jo Xart («Manchester Siti»), Freyzer Forster («Sauthempton»), Tom Xiton («Byornli»).

Himoyachilar: Rayan Bertrand («Sauthempton»), Nataniel Klayn («Liverpul»), Gari Kehill («Chelsi»), Denni Rouz («Tottenhem»), Kris Smolling («Manchester Yunayted»), Jon Stouns («Everton»), Kayl Uolker («Tottenhem»).

Yarim himoyachilar: Dele Alli («Tottenhem»), Ross Barkli («Everton»), Erik Dayyer («Tottenhem»), Jordan Henderson («Liverpul»), Adam Lallana («Liverpul»), Jyeyms Milner («Liverpul»), Rahim Sterling («Manchester Siti»), Jyek Uilshir («Arsenal»).

Hujumchilar: Harri Keyn («Tottenhem»), Markus Reshford («Manchester Yunayted»), Ueyn Runi («Manchester Yunayted»), Deniyel Starridj («Liverpul»), Jyeymi Vardi («Lester Siti»).

Yevro-2016 turnirida inglizlar terma jamoasi Rossiya, Uels va Slovakiya terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Top