Sport | 19:04 / 31.05.2016
5812
2 daqiqa o‘qiladi

Roys Germaniya terma jamoasining Yevro-2016 uchun yakuniy tarkibidan chetda qoldi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxil Lyov 2016 yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etadigan futbolchilarning yakuniy ro‘yxatini ma'lum qildi.

Sebastyan Rudi, Yulian Brandt va Karim Belarabi ro‘yxatga kiritilmagan. Shuningdek, Marko Roys ham jarohati tufayli qit'a birinchiligini o‘tkazib yuboradi. Eslatib o‘tamiz, Roys aynan shu sababga ko‘ra JCh-2014da ham qatnasha olmagan edi. Qayd etish kerakki, bu xabar Roys o‘zining 27 yoshlik tavalludini nishonlayotgan kunida ma'lum qilindi.

Germaniya terma jamoasining 2016 yilgi Yevropa chempionatiga boradigan tarkibi:
Darvozabonlar: 
Manuel Noyyer, Bernd Leno, Mark-Andre ter Stegen.

Himoyachilar: 
Jyerom Boateng, Emre Jan, Yonas Xektor, Benedikt Xevedes, Mats Xummels, Shkodran Mustafi, Antonio Ryudiger.

Yarim himoyachilar: 
Yulian Draksler, Sami Xedira, Joshua Kimmix, Toni Kroos, Mesut O‘zil, Leroy Sane, Bastian Shvaynshtayger, Yulian Vaygl;

Hujumchilar:
Lukas Podolski, Tomas Myuller,  Mario Gomes, Mario Gyottse, Andre Shyurrle.