Shtaynmayyer: dunyodagi bironta muammoni Rossiyasiz hal etib bo‘lmaydi
GFR tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyerning fikricha, jahondagi har qanday muammoni Rossiya ishtirokisiz hal etib bo‘lmaydi, ammo bu o‘zaro turli qarashlarga ega bo‘lmaslikni anglatmaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xoh bu Suriya yoki Liviya bo‘lsin yoxud Tog‘li Qorabog‘ mojarosi bo‘lsin Rossiya qatnashishi talab etiladi. Shunga qaramay, ayrim masalalarda, tomonlar o‘rtasida turli fikrlar saqlanib qolmoqda.
"Xususan, Fridrix Ebert jamg‘armasi xodimini ushlash va Ganzey byurosiga "xorijiy agent" maqomini berish masalalari borasida kelishmovchilik mavjud. Bundan tashqari, jamoat institutlari va TIVning "Liza voqeasi"ga jiddiy e'tibor berayotgani menga ijobiy ta'sir etdi", — deb bayonot bergan Shtaynmayyer Berlinda bo‘lib o‘tayotgan german-rus forumining "Potsdam uchrashuvlari"da.
Yanvar oyida Rossiya Birinchi kanali, Berlinda 13 yoshli rus qizining zo‘rlanishiga oid lavhani namoyish etgandi.
Germaniya hukumatining uqdirishicha, Liza F. ning 30 soat mobaynida yo‘qolib qolishi "o‘g‘irlash yoki jinsiy tajovuz" bilan bog‘liq bo‘lmagan. U 11 yanvar kuni dugonasining uyida ota-onasidan yashiringan bo‘lgan.
Shu bilan birga, unga nisbatan 2015 yil sentabrida sodir etilgan tajovuz bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.