Jahon | 09:52 / 31.05.2016
4414
2 daqiqa o‘qiladi

Stoltenberg: Rossiya tahdidi tufayli Yevropa mudofaa xarajatlari oshmoqda

Yevropaning NATOga a'zo davlatlari, "Rossiya tahdidi" va migratsiya inqirozi tufayli, 2016 yilda so‘nggi 10 yilda birinchi marotaba mudofaa xarajatlarini oshiradi. Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yyens Stoltenberg The Financial Times gazetasiga bergan intervyusida shunday bayonot bergan. 

NATO bosh kotibi aniq raqamlarni keltirmagan bo‘lsada, FT nashriga ko‘ra, 2016 yili alyansning Yevropa mamlakatlari mudofaa maqsadida 253 milliard dollarni sarflaydi. AQShning bir yillik mudofaa byudjyeti esa, 618 milliard dollarni tashkil etadi. Mudofaa maqsadlariga YaIMning kamida 2 foizi miqdorida mablag‘ ajratish majburiyatiga ko‘ra, NATOga kiruvchi Yevropa davlatlari yuqoridagi raqamga yiliga yana 100 mlrd dollar qo‘shishi kerak bo‘ladi. 

Bunda, Boltiqbo‘yi mamlakatlari mudofaa uchun ko‘proq pul sarflashgan. Xususan, Latviya harbiy byudjyetini 60 foizga, Litva 35 foizga, Estoniya esa 9 foizga oshirgan. Bundan tashqari, Polsha ham o‘z harbiy xarajatlarini 9 foizga ko‘paytiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish