Sport | 14:31 / 31.05.2016
5091
1 daqiqa o‘qiladi

UYeFA YeChL ishtirokchilari sonini 32tadan 16taga tushirishi mumkin

UYeFA joriy yilning dekabr oyida Yevropa chempionlar ligasi formatini o‘zgartirish bo‘yicha majlis o‘tkazadi.

Majlisda turnir ishtirokchilari sonini 32tadan 16tagacha tushirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

«Yil oxirigacha biz aniqlashtirib olishimiz kerak. Biz muhokama qilamiz va takliflarni eshitamiz», — degan tashkilot ijrochi direktori Jorjio Marketti.

Bu g‘oya teletranslyatsiyalardan tushadigan daromad miqdorini oshirish maqsadida ilgari surilayotgani taxmin qilinmoqda.

Yakuniy qaror qabul qilinguniga qadar UYeFA o‘yinlar namoyishi huquqini odatdagi tartibda sotishda davom etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish