“Yurt kelajagi” ijodkor yoshlar ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi
Nukusda “Yurt kelajagi” ijodkor yoshlar ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Tanlovning “Arxitektura va dizayn”, “Axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflari va texnik ishlanmalar”, “Tasviriy va amaliy san'at”, “Adabiyot va jurnalistika” yo‘nalishlari bo‘yicha 11 nominatsiyada o‘tkazilgan shahar va tuman bosqichlarida 4 mingdan ziyod yoshlar o‘z iste'dodini sinovdan o‘tkazdi. Ular orasidan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 211 nafar yosh yigit-qiz tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida ishtirok etdi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan tadbir ishtirokchilarining ijodiy ishlari taniqli san'at va madaniyat xodimlari, yozuvchi-shoirlar, olim va mutaxassislar tomonidan baholab borildi.
Tadbirda barcha yo‘nalish va nominatsiyalar bo‘yicha eng iqtidorli yoshlar saralanib, ko‘rik-tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.