Sport | 14:51 / 31.05.2016
6615
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston terma jamoasi ichki chempionatdagi legioner futbolchilarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi 2 iyun kuni FIFA kunidan foydalanib, o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil qiladi.

Avvaliga shu kunga Qirg‘iziston, keyinroq Ekvator Gvineyasi bilan belgilangan o‘rtoqlik uchrashuvlari bekor qilingach, O‘FFning Terma jamoalar markazi shu kuni terma jamoani ichki chempionatdagi legioner futbolchilarga qarshi o‘ynatishga qaror qilgan.

Shampionat.asia sayti ma'lumotiga ko‘ra, FIFA kunida milliy terma jamoa O‘zbekiston chempionatida to‘p tepuvchi xorijlik futbolchilarga, ya'ni legionerlarga qarshi maydonga tushadi.

"O‘zbekiston terma jamoasi 2 iyun kuni boshqa raqib bilan o‘ynashi ma'lum bo‘ldi. Ushbu FIFA kunida milliy jamoamiz O‘zbekiston chempionatida to‘p tepuvchi legionerlarga qarshi maydonga tushadi, ammo darvozani kim egallashi hozircha noma'lum. Chunki joriy mavsumdan boshlab milliy chempionatimizda chet ellik posbonlar darvozani qo‘riqlamasligi haqida reglamentga o‘zgartirish kiritilgan edi", deyiladi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish