O‘zbekiston | 18:05 / 31.05.2016
5828
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘tgan haftada ro‘y bergan yong‘in natijasida uch kishi halok bo‘ldi

O‘tgan hafta mobaynida respublika hududida 207 ta yong‘in qayd etilgan. Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 8 nafar fuqarolar tan jarohati olgan va 3 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Ushbu yong‘inlarda 973 mln. so‘mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 988 mln. so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi fuqaro E.Abdullayevning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 90 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. 

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro M.Raximovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 80 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. 

Xorazm viloyati Xiva tumanida yashovchi fuqaro M.Aliyevning molxonasida yosh bolalarning sho‘xligi (olov bilan o‘ynashi) oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, molxonaning 60 kv. metr maydonda hamda qo‘shnisining molxonasini 20 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida uy egasining nabirasi kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish