Iqtisodiyot | 18:43 / 31.05.2016
4664
1 daqiqa o‘qiladi

Joriy yilning birinchi choragida davlat byudjyeti profitsiti 29,2 mlrd so‘mni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjyeti profitsiti, 2016 yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, 29,2 mlrd so‘mdan iborat bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Moliya vazirligi. 

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil yanvar-mart oylarida byudjyet daromadlari 8,64 trln so‘mni, xarajatlari esa 8,61 trln so‘mni tashkil etgan. 

4,33 trln so‘mga yaqin mablag‘ bilvosita soliqlardan tushgan. 2,21 trln so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlar va 1,14 trln so‘m esa, zaxira to‘lovlari va ko‘chmas mulk solig‘i hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Aholini ijtimoiy himoya qilish va umuman ijtimoiy sohaga sarflangan xarajatlar 5,067 trln so‘mni tashkil etgan.