Jahon | 13:21 / 01.06.2016
4443
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda mamlakatning birinchi shamol elektrstansiyasi barpo etilyapti

Ushbu loyiha e'lon qilinganda, Massachusetts shtati unga qarshi chiqqan edi. Virginia esa moliyalashtirishga qiynaldi. Mittigina Rhode Island shtatining Block Island oroli endilikda, AQShning dengizdagi shamol turbinalari yordamida elektr energiyasi ishlab chiqaradigan birinchi hududi bo‘ladi. 

The Block Island Wind Farm 30 megavatt elektr quvvati ishlab chiqara oladigan stansiya bo‘lib, orolning janubi-sharqidan 3 kilometr dengizda joylashadi. Uni qurish ishlariga o‘tgan yilning iyul oyida start berildi. 

Bugungi kunda, Block Island aholisi shamol turbinalari ishga tushishini intizorlik bilan kutishmoqda. Chunki orol o‘z elektr ehtiyojini dizel generatorlari yordamida qoplaydi va bir kilovatt soat elektr toki 60 sentga aylanadi. Orol fuqarolari, shamol energiyasi uchun 40 foiz kamroq, ya'ni 36 sentdan to‘laydigan bo‘ladi.

Umuman, The Block Island wind farm elektr stansiyasi xalqaro loyihadir. 290 million dollarlik stansiyani Mandated Lead Arrangers Societe Generale of Paris (Fransiya) va Klivlend KeyBank milliy assotsiatsiyasi (Ohayo) moliyalashtirmoqda. Alstom esa, 5 dona Haliade 150 6 MW dengz shamol turbinalarini taqdim etadi. U allaqachon Daniyadagi zavodida loyiha uchun 15ta parrakni ishlab chiqarib bo‘lgan.