Sport | 17:26 / 01.06.2016
3024
1 daqiqa o‘qiladi

Anchelotti: «Gvardiola «Bavariya»da ajoyib ishlagan. Men ko‘p narsani o‘zgartirmoqchi emasman»

«Bavariya» jamoasining bo‘lg‘usi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘zining myunxenliklar klubida kutilayotgan faoliyati to‘g‘risidagi fikrlarini bildirdi.

«Uzoq vaqtlardan buyon men va Gvardiola o‘rtasida qalin munosabatlar mavjud. Biz yangi mavsum boshlanguniga qadar uchrashib, gaplashib olamiz deb o‘ylayman.

Pep Myunxenda ko‘p ajoyib ishlar qilgan. Men ko‘p o‘zgarishlar qilmayman, lekin uning ishlari asosida yangi jamoa quraman.

Gyottsemi? Men Mario bilan ham gaplashib olaman. U mening fikrlarimni tushunadi», – deya  Anchelottining so‘zlarini keltiradi Goal.com nashri Sport Bild nashriga havola bergan holda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish