Jahon | 17:54 / 01.06.2016
6400
2 daqiqa o‘qiladi

Armaniston prezidenti Yevropani Erdo‘g‘anga ishonmaslikka chaqirdi

Armaniston prezidenti Serj Sargsyan Yevropani Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ishonmaslikka chaqirdi. U Bild nashriga bergan intervyusida shu haqida ma'lum qilgan.

"Men Yevropa Erdo‘g‘anga ko‘r-ko‘rona ishonmasligi kerak deb bilaman. U muhojirlar masalasidagi qarorini qabul qilishi kerak", degan Sargsyan.

Uning fikricha, Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida muhojirlar masalasi bo‘yicha kelishuv kutilgan samaralarni bermayapti.

Armaniston rahbarining qayd etishicha, u "Erdo‘g‘anga ishonish to‘g‘ri emasligi"ni o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda aytmoqda. U namuna sifatida Turkiya bilan diplomatik aloqalarini tiklashga urinishlari befoyda bo‘lganini keltirgan.

Sargsyan Germaniya parlamenti "qo‘rqmasdan" arman genotsidini tan olishiga umid bildirgan.

Bundan oldinroq, Erdo‘g‘an arman genoyidi tan olingudek bo‘lsa, bu rasmiy Anqara va Berlin munosabatlarining darz ketishiga olib kelishi ehtimolidan ogohlantirgandi.