Iqtisodiyot | 09:59 / 01.06.2016
5966
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya YaIM bir yilda 3,1 foizga o‘sdi

So‘nggi bir yilda Avstraliya iqtisodiyoti 3,1 foizga o‘sishni qayd etdi, deb xabar qilmoqda mamlakat Milliy statistika byurosi. Unga ko‘ra, birinchi chorakda o‘sish sur'ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizni tashkil etgan. 2015 yil aprelidan 2016 yil martigacha bo‘lgan ko‘rsatkich esa 3,1 foizdan iborat bo‘lgan.

Bu raqamlar hukumat va mustaqil iqtisodchilar uchun kutilmagan ijobiy yangilik bo‘ldi. Ularning aksariyati, chorak o‘sishini 0,8 foiz, yillik ko‘rsatkichni esa 2,8 foiz atrofida bo‘lishini taxmin qilishgan edi. Mamlakat moliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, Avstraliya YaIM joriy moliya yilida 2,5 foizlik o‘sishni qayd etadi. U 30 iyunda poyoniga yetadi.

Statistika byurosi ma'lumotlariga binoan, yil boshida iqtisodiy o‘sishning bosh lokomotivlari sifatida foydali qazilmalar eksportining ortishi va ichki iste'mol talabining kuchayishini qayd etish mumkin.