Jamiyat | 20:40 / 01.06.2016
8440
1 daqiqa o‘qiladi

Budda ehromlarining biridagi muzlatgichdan 40 ta yo‘lbars o‘ligi topildi

Tailanddagi budda ehromlaridan biri bo‘lmish “Yo‘lbars monastiri” tintuv qilinganida uning muzlatgichidan 40ta yo‘lbarsning o‘ligi topildi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Ma'lum qilinishicha, ular monaxlar taomi saqlanadigan joyda saqlangan.

«Biz yo‘lbarslar nega bu yerda saqlanganini bilmaymiz. Tahlil uchun ularning DNKsini oldik», — dedi hukumat vakillaridan biri.

Yana shuni ma'lum qilishlaricha, monastirdan 52 ta yo‘lbars chiqarib yuborilgan, ammo shunga qaramay 85 ta yo‘lbas u yerda qolgan.

Tailanddagi mashhur buddistlar monastiridan yo‘lbarslarni olib ketilmoqda