13:59 / 01.06.2016
11547

Erkin Vohidov Toshkentdagi "Chig‘atoy" qabristoniga dafn etildi

Marhum shoir Erkin Vohidov 31 may kuni peshin mahali Toshkent shahridagi “Chig‘atoy” qabristoniga dafn etildi. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil o‘zining Feysbukdagi sahifasida xabar qoldirdi.

“O‘zbek adabiyotining buyuk tog‘i, buyuk shoir, buyuk ustoz Erkin Vohidov olamdan o‘tdilar. Hozirgina o‘zbek millatining bir buyuk farzandini “Chig‘atoy” qabristoniga qo‘yib keldik. Janoza marosimida shoirning minglab muxlislari, do‘stu birodarlari, qavmu qarindoshlari qatnashdilar”, deb yozadi Muhammad Ismoil.

30 may kuni kechqurun O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov 79 yoshida vafot etgandi.

Uning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston rahbariyati ta'ziya bildirdi.

Top