Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridada inson jasadi bilan oziqlanayotgan timsoh aniqlandi
AQShning Florida shtatida timsohlar ko‘plab uchraydi, ammo mahalliy politsiya bu safar ushbu hayvonlar bilan bog‘liq jiddiy hodisaga duch kelishdi. Gap shundaki, baliqchining qo‘ng‘irog‘idan keyin aytilgan joyga yetib kelgan huquq posbonlari inson jasadi bilan oziqlanayotgan timsohlarni aniqlashgan.
Ular, Fort Lauderdaledan janubi-sharqidagi Southwest Ranches shahri ko‘liga yetib kelishganda, timsohlar inson jasadi bilan suvda bo‘lgan.
"Ko‘rinishidan, timsohlar inson jasadi qoldiqlariga duch kelishgan", - degan politsiya serjanti Pablo Kastenada.
Erkak kishining jasadi, timsohlar qo‘rqituvchi o‘t ochish bilan quvilgach, suvdan olib chiqilgan.
Endilikda, politsiya mahkamasi, o‘likning shaxsi, uning qaytarzda halok bo‘lganiga oydinlik kiritishi lozim.
Tergovchilar, aynan hayvonlar inson o‘limiga sabab bo‘lganini inkor etishmoqda.